Professordan iqtibos

05.09.2025 By Qozoqboy Yo‘ldosh

Bir zamonlar badiiy asarlarda ko‘tarilgan dolzarb muammolar, tashqi effektlar, qiziqarli syujet ko‘pchilik odamlarni rom etardi.

Bugun hammani birday qizihtiradigan hayotiy muammo ham, barchaga bir xilda yoqadigan badiiy asar ham, hammani rom etgan ifoda usuli ham bo‘lishi mumkin emas. Chunki jamiyat a’zolarida shaxslashish kuchaydi. Shaxsning esa, uning shaxsligini ta’min etadigan o‘ziga xos alohida didi, qiziqishlari, hissiyot tizimi bo‘ladi.

Alohida shaxslar tomonidan, alohida shaxslarga mo‘ljallab, alohida yo‘sinda bitilgan asarlarning ommada birday hizihish uyg‘otishi mumkin emas.

«Anglashning azobli yo’li» maqolasidan