Professordan iqtibos

02.07.2025 By Qozoqboy Yo‘ldosh

So‘z odamlari orasida men faqat Shukur Xolmirzaevnigina adabiyot fidoyisi deb ayta olaman. Shukur aka o‘zidan ko‘ra adabiyotni ko‘proq sevmoqning uddasidan chiqdi. U qulayliklardan voz kechib, adabiyotga xizmat qilishga o‘zida kuch topa oldi. Yozuvchi adabiyotni o‘ziga xizmat qildirmadi, aksincha, bir umr unga xizmat qildi.