«O‘zim ekkanman»

04.07.2025 By Qozoqboy Yo‘ldosh

«O‘zim ekkanman»

Azim Suyun qishlog‘i Nakurtga Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan boribdi. Shoir yo‘ldoshiga atrofni tanishtirarkan, oldilaridan katta yong‘oq chiqibdi. Shunda Azim Suyun:
– Bu yong‘oq 250 yoshga to‘lgan, hosili zo‘r, – debdi.
Bu ta’rifni eshitgan Qozoqboy Yo‘ldosh:
– Qo‘ysangiz-chi, shoir, yong‘oq uncha yoshga kirmaydi, – deb e’tiroz bildiribdi.
– Nima deganingiz bu?! – qizishibdi shoir. – 250 yoshga kirgan! O‘zim ekkanman-ku, aniq bilaman!