«Adabiyot bitta menga kerakmi?!»
30.06.2025
#Eslaganda
Azim Suyun qoq yarim tunda yangi she’rini tugatgach, Qozoqboy Yo‘ldoshevga o‘qib berib, olqish olay degan niyatda qo‘ng‘iroq qilibdi.
– Alo, yaxshimsiz?
– Ha, yaxshi…
– Nima qilyapsiz?
– Yarim oqshom nima qilishim mumkin, uxlayapman.
Bu javobdan shoirning qattiq jahli chiqib:
– Nima, adabiyot bitta menga kerakmi?! – deb go‘shakni qo‘yibdi.
@yoshlikjurnali