Professordan iqtibos
05.06.2025
Alifboni isloh qilish shunchaki islohot uchun emas, balki qulaylik va takomillashtirish uchun qilinishi kerak.
Ayrimlar jamiyatda shuncha muammo turganda, alifboni takomillashtirish shartmi, boridan foydalanilaversin-da, deyishmoqda. Barcha muammolar aynan o‘zligimizni tanish va tanitishga xizmat qiladigan milliy belgilarga befarqligimiz, loqaydligimiz tufayli sodir bo‘ladi.
Agar o‘zlikni anglatadigan jihatlarga jiddiy yondashib, e’tiqod butunligiga erishilganda edi, suv omborlarimizga baliqning, tomlarimizga shamolning kuchi yetmagan bo‘lardi. Ma’naviyat jabhasidagi tejamkorlik hayotning qolgan barcha sohalarida hadsiz yo‘qotishlarga olib kelishi tarixning tajribasida ko‘p ko‘rilgan haqiqat.
Ba’zi odamlar tilni siyosatga aralashtirmaslik kerak, deyishlari mumkin. Holbuki, aynan til siyosatga aylanmagani uchun ham siyosat chinakam siyosat darajasiga chiqa olmaydi.